oy ichida
DTM ga tayyorgarlik
KURATOR koʻmagi
testlar
Yuborish belgisini bosishim bilan men ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildiraman
X ACADEMY o’zi nima?
Bu abituriyentlarni O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlariga o’qishga tayyorlash uchun onlayn-maydon. Hozirda X ACADEMY ta’limni o’zbek va rus tillarida olib bormoqda. Siz veb - seminarni ko’rayotgan paytda o’qituvchi oddiy dars sifatida real vaqtda dars olib boradi.
- Darsning video yozuvi
- Noyob usul
- Qulay muhit
Bizning kurslar
Bizning amaliy ko’nikmalarimiz va noyob usulimiz tufayli siz ortiqcha to’lovlarsiz yuqori natijaga erishasiz!
Ingliz tili
Ingliz tili boshida ko’ringani kabi uncha murakkab emas. Biz sizni nafaqat test sinovlariga tayyorlaymiz, balki uni tushunishingizga ham yordam beramiz.

Matematika
Biz sizga har qanday murakkablik darajasidagi masalalarni yechishni va imtihonda kuchlarni qanday taqsimlashni o’rgatamiz

Ona tili va adabiyot
Tinish belgilari, to’g’ri talaffuz va imlo qoidalari, shuningdek, maktab dasturi bo’yicha asarlarni tahlil qilamiz va davrlarni o’rganamiz

Biz yangi kurslarni tayyorlayapmiz
Biz yana bir nechta kurslar tayyorlayapmiz va tez orada ular bizning portalda paydo boʻladi
Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Yuborish belgisini bosishim bilan men ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildiraman

Qaysi kursni sotib
olishingizdan qat’iy nazar,
O’zbekiston tarixi kursini
sovg’a qilamiz
O’z tariximizni o’rganamiz va majburiy imtihonni 10 dan 10ga topshirishga yordam beramiz

Kursning dasturi
Siz istagan fanni tanlashingiz va shu fan bo’yicha butun o’quv yilining dars jadvalini ko’rishingiz mumkin
Siz ishonchli qo’llardasiz
Bizning o’qituvchilarimiz ko’p bosqichli tanlovdan o’tishadi va malaka oshirishadi
Biz o’qituvchilarini tajribali ekanligini, kommunikativ ko’nikmalarini va bilimlarini sinovdan o’tkazamiz. O’qituvchi har bir abituriyent bilan til topisha olishi, u uchun murakkab bo’lgan mavzuni oson va aniq yetkazib berishi va albatta DTM test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tishi uchun maksimal darajada bilim berishi muhimdir
Shuningdek har bir fan uchun kurator biriktirilgan
- Abituriyent hech qachon o’z muammolari bilan yakka qolmaydi
- Har bir kurator o’z fanini eng yuqori ballga topshirgan
- Onlayn-kurator uzog’i bilan 15 daqiqa ichida har qanday savolga javob berishga tayyor
- Har oyda barcha kuratorlar tekshiruv va maxsus test sinovidan o’tishadi

X Academy repetitorlari
- Kamida 3 yillik ish darajasiga ega
- Davlat imtihonlarini topshirish usullarini biladi
- Fanni to’liq tushunishni o’rgatadi
Qo’yilgan maqsadga erishishga yordam beramiz
DTM tayyorgarlik jarayoni siz uchun samarali va qiziqarli boʻlishini taʼminlaymiz. Onlayn-darslar sizni vaqtingizni va kuchingizni tejaydi - o’zingiz uchun qulay bo’lgan joyda ta’lim oling

X Academy o’qituvchilarining abituriyentlari oliy o’quv yurtlariga grant asosida qabul qilingan

Bizning o’quvchilarimizni maktabda ta’lim olish darajasining o’rtacha ko’satgichi

DTMga tayyorlik ko’rsatgichi
Shaxsiy chegirmaga ega bo'ling
Bizning menejerlarimiz sizga qo'ng'iroq qilib, sizga hamma narsani batafsil aytib berishadi va shaxsiy chegirma berishadi
Shaklni yuborib, siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz
X Academy qanday ta’lim beradi
Interaktiv va qulay onlayn-platformada darslar jonli efir orqali olib boriladi. O’qituvchi bilan muloqot real vaqtda amalga oshiriladi, maktab o’quvchilarning maxsus dastur bo’yicha mashg’ulotlari esa metodistlarimiz tomonidan tayyorlanadi.
Interaktiv uy vazifalaringizni to’g’ridan to’g’ri platformada bajaring

Hech ikkilanmay savollaringizni jonli efir chatida yozishingiz mumkin

Barcha o’tilgan darslar platformada saqlanib qoladi va ularni istalgan vaqt qayta ko’rib chiqish mumkin

Uy vazifalaringizni o’z vaqtida, xatosiz topshiring va ball to’plang, to’plangan ballarni siz chegirma va sovg’alarga almashtirish imkoniga egasiz.

Savol - javoblar
Barcha kerakli materiallar sizning shaxsiy kabinetingizda bo’ladi: dars jadvali, onlayn-darslar kalendari, konspektlar, uy vazifalari, eslatmalar, statistikangiz va boshqalar. Telegramda esa sizda kurs chati hamda kurator bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud.
Har bir o’tilgan darslar saqlanib qoladi va siz ularni istalgan vaqtda ko’rishingiz mumkin.
Har bir o’quvchining Click, Payme, Apelsin yordamida to’ldirishi mumkin bo’lgan balansi mavjud, shuningdek ichki to’lovlarni bank orqali amalga oshirish mumkin. Tez orada Paynet orqali ham to’lovlarni amalga oshirishni yo’lga qo’yamiz. Bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin (video ssilkasi). Bundan tashqari huddi supermarketda bo’lgani kabi, o’zingizga kerakli narsani tanlang va sotib oling.
Ha, bizning platformamiz mobil qurilmalar uchun to’liq moslashgan. Telefon orqali ta’lim olishingiz hech qanaqasiga sizning natijalaringizga ta’sir qilmaydi va bu aksincha ko’p hollarda qulay bo’lishi mumkin.
Hech qanday muammo yo’q – biz siz murojaat qilishingiz bilan ishlatilmagan kurslaringiz uchun sarflangan pulni qaytarib beramiz. Biz kurslarimiz sifatiga to’liq ishonamiz: statistikaga ko’ra, abituriyentlarimizni 0% pulni qaytib olish uchun murojaat qilishadi.
Har bir dars taxminan 1,5 soat davom etadi.
Kamida 2 kun. Agar siz osha kunni o’zingizga dam olish kuni deb e’lon qilgan bo’lsangiz, xotirjam uy vazifangizni topshirishga ulgurasiz va bonuslarga ham ega bo’lishingiz mumkin.
Uy vazifalari yozma yoki test shaklida bo’ladi. Test sinovlari avtomatik ravishda tekshiriladi, yozma uy vazifalari esa o’qituvchilar yoki shaxsiy kurator tomonidan tekshiriladi, so’ng siz bajargan vazifangizda yo’l qo’yilgan xatolar bilan bog’liq batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz.
Mamlakatimizdagi ko’plab o’quv markazlarida faqat ma’ruzalar va natijalar tahliliga ko’proq vaqt sarflanadi, ammo abituriyent uchun bunday tushkun paytda hech qanday ruhiy ko’mak berilmaydi. Bizda esa hamma narsa to’liq qo’llab -quvvatlash bilan maksimal natijalarga erishish uchun tuzilgan. Shu sababli, har bir oʻquvchining shaxsiy kuratori bor, u abituriyentni mavzularni qanday oʻzlashtirayotganini va natijalarini kuzatadi, motivatsiya beradi, barcha savollarga tez javob beradi va har qanday vaziyatda koʻmaklashishga tayyordir.
Biz haqimizdagi fikrlar
Abituriyentlarimizni biz haqimizda yozib qoldirgan izohlarini shu yerda o’qishingiz mumkin. Shuningdek, bizni bir qator parametrlarimiz bo’yicha Early birds o’quvchilari bilan suhbat olib bordik va ularni baholashlarini soʻradik.